Taxi Tashkent

Toshkentda taksi simulyatori

Taxi Tashkent

Oʻzbekistonning 15 ta shahri – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Fargʻona vodiysi va boshqalarning haqiqiy koʻchalarida taksi, avtobus yoki yuk mashinasi haydovchisi, kuryer boʻling: yoʻlovchi, buyurtma va yuklarni navigator bilan yetkazing, pul ishlang, prava oling va oʻnlab mashina, moto, avtobus va yuk mashinalaridan oʻzingizga yoqqanini tanlang.

Bepul · iPhone va Android · 7 til: Oʻzbekcha, Русский, English, Türkçe, Deutsch, Français, Español

Imkoniyatlar

Haqiqiy shahar, haqiqiy ish

Taksi haydovchisi yoki kuryerning bir kuni – birinchi buyurtmadan tungi shahargacha.

Toshkent 1:1

OpenStreetMap maʼlumotlari asosida: haqiqiy koʻchalar, koʻpriklar, mahallalar, metro bekatlari va bozorlar. Navoiy, Amir Temur, Chorsu – hammasi oʻz joyida.

Samarqand va Fargʻona vodiysi

Samarqand, Fargʻona, Namangan va Andijon ham 1:1. Vodiyga Qamchiq dovonidan – haqiqiy tunnellar va togʻ burilishlari orqali oʻtasiz. Har shaharda shaharlararo taksi bekati, narx km boʻyicha.

Yana 10 ta shahar

Buxoro, Xiva, Urganch, Nukus, Qarshi, Termiz, Navoiy, Jizzax, Guliston va Nurafshon – 1:1, 68 ta mashhur joy bilan: Minorai Kalon, Ichan Qalʼa, Koʻk Gumbaz, Savitskiy muzeyi. Ularni M37, Qizilqum choʻli orqali A380 va Gʻuzor – Sherobod togʻ yoʻli bogʻlaydi.

Pullik yoʻl

Toshkent – Samarqand: har tomonga 4 polosa, radar va tezlik cheklovisiz – manzilga ikki barobar tez. Kirish bir martalik abonement bilan, yoʻlda oʻz yoqilgʻi va dam olish maydonlari.

Buyurtmalar va navigator

Taksi ilovalaridagidek buyurtmalar: yoʻlovchini oling va navigator koʻrsatgan yoʻldan manzilga yetkazing. Narx oldindan maʼlum, ustiga choy puli va bonus.

Dastavka rejimi

Ovqat, market, dorixona, posilka va gullarni yetkazing: hamkordan oling, eshikkacha olib boring. Kuryer unvonlari, ikki buyurtma birga va kafolatlangan toʻlov.

Yuk mashinalari

Uchta tyagach va olti xil yarim tirkama: tent, refrijerator, konteyner, sisterna, platforma, samosval. Yukni bir shahardan boshqasiga eltasiz – haqi topshirganda toʻliq beriladi.

Avtobuslar

Toshkentda jadval boʻyicha shahar yoʻnalishi: har bekatda yoʻlovchilar kutadi, smena oxirida toʻlov varaqasi. Viloyatlar orasida esa shaharlararo avtobus reyslari.

Skuter va mototsikllar

Bepul skuterdan elektroskuter, maksi-skuter va superbaykkacha – 10 xil. Zavod ranglari, egilib burilish va yiqilganda haqiqiy fizika.

Ob-havo va fasllar

Yomgʻir, qor, tuman, boʻron va kuzgi barglar. Faslni oʻzingiz tanlang yoki bugungi Toshkent ob-havosi bilan oʻynang; qor yoqqanda buyurtmalar koʻpayadi.

Oʻnlab mashinalar

Start tarifidan Elit’gacha: metan, benzin, gibrid va elektromobillar. Ijaraga oling yoki test-drayv kartasi bilan istalganini sinab koʻring.

Tuning studiyasi

Xameleon, perlamutr va mat boʻyoq, disklar, kuzov toʻplami, neon, tonirovka, stikerlar va davlat raqami. Yuk mashinalarida – rang zonalari, stikerlar, raqam va kuzov qismlari.

Yoʻl qoidalari

Har koʻchada oʻz tezlik chegarasi, svetoforlar, tezlik kameralari va piyodalar oʻtish joylari. Patrul avval ogohlantiradi; qoida buzilsa, jarima xati POCHTA’ga keladi.

PRAVA: barcha toifalar

A1, A, B, C, D, BE, CE, DE – Oʻzbekistonning haqiqiy qoidalari boʻyicha. Har toifaga oʻz imtihon yoʻli va oʻquv ulovi: moped, mototsikl, yuk mashinasi, avtobus va tirkamalar. Mos toifadagi prava bilan har safardan +15% koʻp ishlaysiz.

Zapravka va quvvatlash

Turli markadagi benzin, metan va elektromobillar uchun quvvatlash. Metan shoxobchalarida mashinalar jonli navbatda turadi, har zapravkada narx taxtasi bor. Bak tugay desa – navigator eng yaqin zapravkaga olib boradi.

3D haydovchi

Oʻz haydovchingizni yarating: yuzning har bir qismi, soch turmagi va kiyimlar – HAYDOVCHI boʻlimida.

Kino rejimi va katta xarita

Videolaringiz uchun toza ekran va kino kadrlari. Yangi katta xaritada qidiruv bor – kerakli joyni tez topasiz.

Vazifalar va reyting

Kunlik va haftalik vazifalar, 7 kunlik sovgʻa, tadbirlar, promokodlar va haftalik reyting jadvali.

Amir Temur xiyoboni
Minor masjidi
Chorsu bozori
Hazrati Imom majmuasi
Shahar

Shaharni oʻynab oʻrganing

Oʻyin xaritasi Toshkentning haqiqiy maʼlumotlaridan qurilgan: koʻchalar, chorrahalar, koʻpriklar, metro bekatlari, mahallalar va 40 dan ortiq diqqatga sazovor joy. Har bir tuman nomi ekranda chiqadi – shaharni bilgan haydovchi tezroq yetib boradi.

  • Amir Temur xiyoboni
  • Hazrati Imom majmuasi
  • Chorsu bozori
  • Minor masjidi
  • Toshkent teleminorasi
  • Toshkent Siti
  • Islom sivilizatsiyasi markazi
  • Ezgulik arkasi
  • va yana 30 dan ortiq joy

Samarqand, vodiy va boshqa viloyat shaharlarida yana 120 dan ortiq mashhur joy bor: Registon, Goʻri Amir, Shohi Zinda, Minorai Kalon, Ichan Qalʼa, Koʻk Gumbaz, Bobur uy-muzeyi va boshqalar.

Haydash

Haqiqiy haydash hissi

Har bir mashina, moto va yuk mashinasining oʻz dvigatel ovozi, quvvati va yoqilgʻi sarfi bor. Boshqaruvni oʻzingizga moslang.

  • Rul, strelkalar yoki telefonni qiyshaytirib boshqarish
  • P R N D richag yoki ilashish va H-uzatma
  • 4 xil kamera, jumladan salon ichidan koʻrinish
  • Tebranish (haptika): bordyur, zarba, shinalar
  • Burilish chirogʻi burilishdan keyin oʻzi oʻchadi
  • Kun va tun, jonli trafik va piyodalar
  • Svetofor, kamera va jarimalar – haqiqiy shahar qoidalari
  • Yoʻlda buzilsangiz – usta furgonda kelib gʻildirakni almashtiradi
Dastavka

Kuryer boʻlib ishlang

Taksidan tashqari endi dastavka ham bor: buyurtmani qabul qiling, restoran yoki doʻkondan oling va mijozning eshigigacha yetkazing. Bepul skuter bilan boshlang – keyin tezroq motolarga oʻting.

  • Ovqat, market, dorixona, posilka va gullar
  • Kuryer paneli: bosqichlar, vaqt, sumka holati
  • Kuryer unvonlari va ikki buyurtma birga
  • Kafolatlangan toʻlov – summa oldindan maʼlum
  • Skuter, mototsikl yoki mashinada ishlash mumkin
Garaj

Oʻnlab mashinalar, motolar va yuk mashinalari

Toshkent koʻchalarining sevimli taksilaridan obroʻli SUV va elektr superkarlargacha, bepul skuterdan superbaykkacha, endi esa yuk tashish uchun tyagachlar ham. Har biri oʻz tarifida ishlaydi: qimmatroq ulov – qimmatroq buyurtma.

Ommabop

Start, Komfort, Komfort+

  • Bantik Jajji
  • Bantik Mahalla
  • Bantik Uchqun
  • Koinot Afsona 2
  • Bantik Afsona 3
  • Bantik Lojuvard
  • Bantik Aqiq
  • Bantik Avlod
  • Bantik Ovchi
  • Orzu Orda
  • Bantik Navruz
  • Bantik Zomin
  • Sharq Tulpor

Premium

Komfort+, Elektro, Biznes

  • Orzu Shamol
  • Sakra Jayron
  • Orzu Xorazm
  • Ampir Oqim
  • Orzu Kushon
  • Orzu Somoniy
  • Kashf Sayyoh
  • Komil Oila

Obroʻli

Biznes, Premyer, Elit

  • Ampir Bunker
  • Bantik Chorvoq
  • Daichi Sahro
  • Yulduz Saroy
  • Donnerwerk Sturm
  • Hashamat Sarvar
  • Yulduz Qoplon
  • Samo Burgut
  • Shohona Arvoh

Skuter va moto

Start, Komfort, Komfort+, Biznes

  • Bantik Asalari 50
  • Orzu Chaqmoq E3
  • Daichi Chaqqon 125
  • Sharq Ipak 150
  • Kashf Qoya 200
  • Daichi Karvon 300
  • Daichi Shiddat 560
  • Donnerwerk Yoʻlbars 900
  • Samo Lochin RR
  • Shohona Simurgʻ H

Yuk mashinalari

Yuk tashish · 6 xil yarim tirkama: tent, refrijerator, konteyner, sisterna, platforma, samosval

  • Ajdar Nor 480
  • Sherdor Sarbon 480
  • Shimol Qutb 500

Oʻyindagi barcha mashina markalari, modellari va emblemalari xayoliy.

Rasmlar

Oʻyindan lavhalar

Hammasi oʻyinning oʻzidan olingan kadrlar.

Soʻnggi yangilanishlar

1.3.0 versiyasi (Android) – yana 10 ta shahar, yangi yoʻllar va avtobuslar.

  • Yangi10 ta yangi shahar – Buxoro, Xiva, Urganch, Nukus, Qarshi, Termiz, Navoiy, Jizzax, Guliston va Nurafshon 1:1; 68 ta mashhur joy: Minorai Kalon, Ichan Qalʼa, Koʻk Gumbaz, Sulton Saodat.
  • Yangi10 ta yangi yoʻl – Zarafshon vodiysi boʻylab M37, Qizilqum choʻli orqali A380, Gʻuzor – Sherobod togʻ yoʻli va boshqalar; shaharlararo taksi, yuk va dastavka.
  • YangiAvtobuslar – Toshkentda jadval boʻyicha shahar yoʻnalishi, viloyatlar orasida shaharlararo reyslar.
  • YangiPrava toifalari doʻkonda – kerakli toifani doʻkondan ham olish mumkin.
  • YangiUzunroq oʻyin kuni – tunni yoki kunni oʻtkazib yuborish mumkin; har yoʻlda bitta video – 10 km.
  • YangiKino rejimi va katta xarita – videolaringiz uchun kino kadrlari; qidiruvli yangi xarita.
  • YangilandiIshonchliroq – shaharlarni yuklab olish ikki baravar kichik, reklama va tezlik barqarorroq.
  • 1.2.0Fargʻona vodiysi, Toshkent – Samarqand pullik yoʻli, yuk mashinalari va barcha toifadagi PRAVA.
  • 1.1.9Samarqand va Toshkent – Samarqand yoʻli 1:1: Registon, Goʻri Amir, Shohi Zinda; turk, nemis, fransuz va ispan tillari.
Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Oʻyin bepulmi?

Ha, Taxi Tashkent’ni yuklab olish va oʻynash bepul. Oʻyinda reklama va ixtiyoriy xaridlar (oʻyin puli, VIP va boshqa statuslar, mashinalar, reklamasiz rejim) bor – ularsiz ham bemalol oʻynash mumkin.

Qaysi qurilmalarda ishlaydi?

Android 8.0 va undan yangi telefonlarda (Google Play) hamda iOS 16 va undan yangi iPhone’larda – iPhone XS / XR va keyingi modellar (App Store). Windows kompyuterda Google Play Games ilovasi orqali oʻrnatib (qidiruvga «Taxi Tashkent» deb yozing), klaviatura bilan oʻynash mumkin.

Natijalarim yangi telefonga oʻtadimi?

Ha. Oʻyin mehmon hisobi bilan boshlanadi. Hisobingizni Google (Android) yoki Apple ID (iPhone) bilan bogʻlang – pul, mashinalar va prava bulutda saqlanadi va shu platformadagi yangi telefonda qaytadi.

Qaysi shaharlar bor?

Oʻzbekistonning 15 ta shahri: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Nukus, Qarshi, Termiz, Navoiy, Jizzax, Guliston, Nurafshon, Fargʻona, Namangan va Andijon – hammasi 1:1, ular orasida shaharlararo yoʻllar. Toshkent oʻyin bilan birga oʻrnatiladi. Boshqa shaharlar va yoʻllar oʻyin ichida alohida yuklab olinadi – buning uchun internet kerak.

Yuk qanday tashiladi?

Garajdagi «Yuk» javonidan yuk mashinasini oling, rulga oʻtirib «YUK TASHISH» tugmasini bosing va shaharni tanlang. Yuk maydonida uchta yukdan birini tanlaysiz – tirkama ulanadi. Yukni boshqa shaharning bozori yoki vokzaliga eltasiz, haqi topshirganda toʻliq beriladi.

Dastavka rejimi qanday ishlaydi?

Menyuda yoki xaritada «Dastavka»ni tanlang va smenani boshlang. Buyurtmani qabul qilib, hamkordan oling va mijozga yetkazing – summa oldindan maʼlum. Bepul skuter hammaga beriladi, xohlasangiz mashinada ham ishlaysiz.

Promokodni qayerga yozaman?

Asosiy menyudagi PROMOKOD tugmasini bosing va kodni kiriting. Promokod havolasini telefonda ochsangiz, oʻyin kod yozilgan holda ochiladi.

Mashinalar haqiqiy markalarmi?

Yoʻq. Oʻyindagi barcha mashina markalari, modellari va emblemalari xayoliy (Bantik, Koinot, Orzu, Yulduz va boshqalar) – ular Toshkent koʻchalari ruhida yaratilgan.

Prava testi haqiqiy imtihonga oʻxshaydimi?

Nazariy test Oʻzbekistonning amaldagi yoʻl harakati qoidalari asosidagi 1125 ta savoldan tuziladi: mototsikl, yuk mashinasi va avtobus toifalarida oʻz savollari bor. Soʻng har toifa oʻz imtihon yoʻlida amaliy imtihon topshiradi; BE, CE va DE uchun – hayotdagidek faqat amaliy. Bu oʻyin: qoidalarni takrorlashga yordam beradi, lekin rasmiy imtihon oʻrnini bosmaydi.

Hisobim va maʼlumotlarimni qanday oʻchiraman?

Oʻyinning oʻzidan yoki Hisobni oʻchirish sahifasidagi yoʻriqnoma boʻyicha.

Taklif yoki muammo boʻlsa-chi?

sardoormeliev@gmail.com manziliga yozing – oʻyin versiyasi va telefon modelini ham koʻrsating.

Toshkent sizni kutmoqda

Birinchi yoʻlovchi yoki buyurtma bir daqiqalik masofada. Kalitni oling – smena boshlandi!